RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA 2024-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Raqobat qo‘mitasiga respublikamiz bo‘ylab iste’molchilardan jami 20 872 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan: 7 634 ta (36,6 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari;  7 697 ta (36,9 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish;  4 886 ta (23,4 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar; 655 ta (3,1 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.…

RAQOBAT QO‘MITASI TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI OPERATORLARINI OGOHLANTIRADI

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyi davomida telekommunikasiya xizmatlari bo‘yicha 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni o‘rganish natijasida ortiqcha olingan (hisoblangan) 115 mln so‘m mablag‘ iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlandi.  Murojaatlarda asosan, aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar yuborilayotganligi, shu jumladan pullik kontent…