OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI YAGONA ELEKTRON “SMART-MARKET.UZ” TIZIMLARIDA NARXLARNING ASOSSIZ OSHISHINING OLDI OLINMOQDA

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Fair tech” elektron platformasi ma’lumotlari tahlil qilinganda jami 4 ta holatda imtiyozli kreditlar asosida oilaviy tadbirkorlarga tovarlarni xarid qilish jarayonida ta’minotchilar, oilaviy tadbirkorlar hamda ayrim davlat xizmati xodimlari o‘rtasida til biriktirish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. O‘rganishlar davomida yuk mototransport vositalarining 359 ta xaridorlariga yetkazib beruvchilar…

RESPUBLIKA HUDUDLARIDA ISTE’MOLCHILARNING AVTOMOBIL SOHASIDAGI 10 dan ORTIQ MUROJAATLARI HAL QILINDI

Raqobat qo‘mitasiga Respublika bo‘ylab avtomobillar («CHEVROLET COBALT», «CHERY TIGGO 7 PRO», «DAMAS», «LABO») bilan bog‘liq holatlar yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlar qo‘mita tomonidan o‘z vaqtida o‘rganilib, iste’molchilarning huquqlari tiklandi va qonuniy manfaatlari himoya qilindi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro «DRIVER VILLAGE» MCHJ faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. U shartnoma asosida…

“AGROBANK” ATB NAVOIY VILOYATI BOSHQARMASI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN BOSHLANG‘ICH NARXI 2 MLRD 620 MLN SO‘M BO‘LGAN DAVLAT XARIDLARIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “AGROBANK” ATB Navoiy viloyati boshqarmasida 2023-yil va 2024-yilning o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, boshlang‘ich narxi 2 mlrd 620 mln so‘mlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi…

TADBIRKORLARGA HISOBLANGAN ORTIQCHA 90 MILLION SO‘MGA YAQIN QARZDORLIK BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan korxonalar murojaat qilib, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblangani yuzasidan murojaat qoldirishgan. Hududiy boshqarma masalaga oydinlik kiritish maqsadida “KRIOGEN-SERVIS” MCHJga hisoblangan 93 035 577 so‘m va “BISTRO LAZZAT” OKga qo‘yilgan 3 180 267 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni qayta hisob-kitoblar orqali o‘rganib chiqdi. O‘rganishlarda mazkur xizmat…

NAZORAT XARIDI: 7ta TURDAGI MUZQAYMOQLARDAN 6 tasi TARKIBIDA ICHAK TAYOQCHASI GURUHIDAGI BAKTERIYALAR BORLIGI ANIQLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida nazorat xaridi tadbiri o‘tkazildi. Unda “X XASANBOY VA XOLOD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning 7ta turi xarid qilindi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan uchta laboratoriyaga topshirildi. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining tasarrufidagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN ICHIMLIK SUVIGA OID QONUNBUZILISH HOLATLARI ISTE’MOLCHILAR FOYDASIGA HAL ETILDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamiz miqyosida ichimlik suviga oid qonunbuzilishi holatlari o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilar huquqlarini himoya qilib kelmoqda. Jumladan, Andijon viloyati misolida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Amanbayevaga “Andijon suv ta’minoti” AJ tomonidan asossiz hisoblangan 1 mln 200 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik hududiy boshqarma tomonidan bartaraf etildi. Buxoro viloyati misolida Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan Buxoro…

REKLAMA SOHASIDA ISH YURITUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat unitar korxonasiga reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish va ular tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-son qarori Reklama…

“YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJGA NISBATAN MANIPULYASIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan. Monitorning o‘tkazish natijasida, “YANGIYO‘L YOG‘-MOY” AJ tomonidan 2024-yil fevral oyida birja savdolariga 10 tonnadan ziyod 250 mln so‘mga yaqin sovun mahsuloti…

20 mlrd SO‘MGA YAQIN DAVLAT XARIDLARI QONUNCHILIKKA ZID TARZDA O‘TKAZILISHINING OLDI OLINDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida jami 20 milliard so‘mga yaqin davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, Andijon viloyati misolida Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln so‘mlik; Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln so‘mlik; Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining 180 mln so‘mlik; Xonabod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln so‘mlik; Buxoro viloyati misolida…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “MARKETPLACE TRADING” AJga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “MARKETPLACE TRADING” AJ tomonidan Toshkent shahridagi tashqi reklama obyektida e’lon qilingan “Sello Pay” – pul o‘tkazmalari uchun «0 %” mazmunidagi reklama joylashtirilganligi kuzatildi. Shuningdek, “MARKETPLACE TRADING” AJning rasmiy veb-saytida “Sello Pay” mobil ilovasi orqali plastik kartalarga pul o‘tkazmalari bo‘yicha aksiya 2024-yil 1-iyuldan boshlanishi, mazkur aksiya shartlariga ko‘ra identifikatsiyadan o‘tgan…