TENDER SAVDOLARIDA “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARI BUZILGANLIGI ANIQLANDI
Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarining O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Jumladan, Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil 20-sentyabrda “Kan, Rayhon va Gultojixo‘roz gullarini sotib olish uchun” boshlang‘ich narxi 230,0 mln so‘mlik mahsulot sotib olish…