Raqobat qo‘mitasi vakillari hamda Sparkassenstiftung for International Cooperation mintaqaviy loyihalar boshlig‘i Inka Ryuk honim bilan uchrashuv

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri janob Olaf Sholsning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi hamda davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Raqobat qo‘mitasining Germaniyaning Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti vakillari bilan bugungi uchrashuvida ham bu o‘z ifodasini topdi. Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning butun davrida…

Tanlov bayonnomasi bekor qilingan va g‘olib tashkilot bilan shartnoma tuzish rad etilganligi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Shumanay tuman yo‘llardan foydalanish” DM (Buyurmachi) tomonidan boshlang‘ich narxi 343,8 mln. so‘mlik yuk tashish xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘lishi mumkinligi” bo‘yicha murojaat qoldirilgan. Jumladan, katta ehtimol bilan tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi bitta “IP” manzilidan hujjatlarni taqdim etganligi, ishtirokchilar tartibsiz (asossiz) baholanganligi hamda tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi aksariyat hujjatlarni bir…

NAVOIY VILOYATIDAGI KLASTERLAR TOMONIDAN MANIPULYASIYA HARAKATLARI SODIR ETILGANLIGI ANIQLANDI

Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borilishi belgilangan. Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “XUDOYSHUKUR BOBO KLASTER” MCHJ tomonidan 2024-yil mart-iyul oylarida paxta hosilidan olingan texnik chigit mahsulotining savdoga qo‘yish jadvallariga muvofiq birja…

INSOFSIZ RAQOBAT HOLATLARI YUZASIDAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyida Mars, Incorporated kompaniyasi (AQSH) murojaati asosida o‘rganish o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish davomida viloyatda faoliyat yurituvchi 2 ta korxona “AGRO BRAVO” MCHJ va “SAM KOMILJON FAYZ” MCHJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan muzqaymoq mahsulotlarida Mars, Incorporated kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “MARS”, “SNICKERS”, “DOVE” tovar…