Prezident Shavkat Mirziyoyev raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Iqtisodiyotga davlat aralashuvini kamaytirish, yirik monopoliyalarni tiyib turish bo‘yicha qilinayotgan ishlar raqobat muhitiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Xususan, so‘nggi besh yilda 25 tadan ortiq tovarlar bo‘yicha raqobat muhiti yaxshilandi. 7 ta faoliyat turi bo‘yicha raqobatni cheklovchi eksklyuziv huquqlar bekor qilindi. Davlat ishtirokidagi korxonalar 42…