“AGROBANK” ATBNING TOSHKENT VILOYATI BOSHQARMASIGA NISBATAN RAQOBAT QONUNINI BUZILGANLIK HOLATI BOʻYICHA CHORA QOʻLLANILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga Chinoz tumani fermer xoʻjaliklarining yoʻllagan murojaati Qoʻmitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida oʻrganib chiqildi. Ta’kidlash joizki, “Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reestrida “Fermer xoʻjaliklarini kreditlash xizmati” boʻyicha ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Mazkur murojaatni oʻrganish davomida fermer xoʻjaliklari…