O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
6-iyun kuni Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. Bitimning imzolanish marosimi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham o‘z murojaatlarini yo‘lladi. Davlatimiz rahbari…