O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azmu shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu bois, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida…