“IQTISODIY RIVOJLANISH UCHUN SAMARALI BOSHQARUV” DASTURI YUZASIDAN UCHRASHUV
Joriy yilning 27-iyun kuni Raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farruh Karabayev va Buyuk Britaniya hukumatining maslahatchisi, bosh iqtisodchi Milian Sladoye bilan turli iqtisodiy va huquqiy jihatlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan va Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” dasturi (Effective Governance for Economic…