Muhandislik sohalarida ilm va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha muloqot bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyoda raqobat kuchaygan bugungi zamonda mamlakatimiz ichki resurslarga tayanib, industrial rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, 150 ming atrofida ish o‘rni yaratilayapti. Joriy yilda davlat investitsiya dasturlari asosida 21…