O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu saodatli damlarda barchamiz bu ulug‘ ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, el-yurtimiz bilan birgalikda shunday yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. Xalqimiz hayotida ezgulik,…

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga…

O‘zbekiston Prezidenti «BMT Turizm» bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Samarqandda 2023-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan tashkilotning 25-sessiyasida erishilgan kelishuvlarni va ilgari surilgan…

O‘zbekiston-Koreya sammiti yakunlandi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi yakunlandi. Uch kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular yakunida yetakchilar Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi. Davlat rahbarlari Koreyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari…

O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi koreyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatimizga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Ko‘hna shaharda davlat rahbarlari rafiqalari bilan birga mamlakatimizning “tashrif qog‘ozi”, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining go‘zal ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoniga tashrif buyurdilar. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalarining mahobati, o‘zi xos arxitekturasi…