O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdilar. Koreya tomonidan tadbirda SK Group, Lotte Corporation, KOGAS, POSCO, Samsung, LG, Hyundai, KIA, Doosan, BoMI, Eksimbank, EDCF jamg‘armasi, Koreya taraqqiyot banki kabi 80 dan ortiq yetakchi kompaniya va bank-moliya institutlari rahbarlari qatnashdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Koreya Respublikasi O‘zbekistonning an’anaviy va yirik savdo,…

Prezidentlar poytaxtimizdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar…

Joriy yilning 14-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov…

Joriy yilning 14-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov boshchiligidagi ishchi guruhning o‘zaro hamkorlik yuzasidan uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv doirasida hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad: iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mahsulotlarning sifat darajasi, belgilangan standartga muvofiqligi va talab darajasida…

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar

O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar. Marosim xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga…

O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. Yetakchilar ochiq va do‘stona muhitda, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadilar. Davlatimiz rahbari Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, O‘zbekistonning vaqt sinovlaridan…

Ichki bozorlarda shakar mahsuloti narxlarining barqaror va uzluksizligi ta’minlanmoqda

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib boriladi. Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj 1 yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tn.ni tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud. Birja savdolariga 2024-yilning yanvar-iyun (12-sanasiga qadar) oylarida (spot va forvard…

NOSOZ SKUTER BEPUL TA’MIRLANDI

Namangan  viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Namangan tumanidagi YaTT A.A qarashli maishiy texnika savdo do‘konidan skuter sotib olgan. Biroq qisqa muddatda skuterning dvigateli nosozligi ma’lum bo‘ladi. Tadbirkorga darhol bu haqda murojaat qilib, uni almashtirib berishlarini so‘raydi. Oradan bir oydan ortiq o‘tishiga qaramay uning talabi qondirilmaydi. Shundan so‘ng fuqaro Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga murojaat qilib,…

Muzokaralar natijalari muhim kelishuvlar bilan mustahkamlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan: – Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik…

Prezidentlar kelgusi uch yilga O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalari va yo‘nalishlarini qamrab olgan alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. — Keng delegatsiyangiz bilan O‘zbekistonga amalga oshirayotgan davlat tashrifingizni yurtimiz va mintaqamiz bilan ko‘p…

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishni tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 32 yilligi va O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarining besh yilligi bilan chin dildan tabrikladi. Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada…