Tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Energetika tarmog‘ini rivojlantirish va barqaror faoliyatini ta’minlash, energiya manbalarini va generatsiya quvvatlarini ko‘paytirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu bilan birga, energiya resurslaridan oqilona foydalanmasdan, tarmoq va hududlarda, ham ijtimoiy,…