Rossiya Prezidenti «Yangi O‘zbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi. An’anaga ko‘ra, Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi. Majmuani qisqa ko‘zdan kechirish davomida oliy martabali mehmonga ushbu me’moriy ansambl mazmuni va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.