O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali…