Jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi yirik obyektlarida, shu jumladan savdo-ko‘ngilochar majmualar, bog‘lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining tashkil etilishi to‘g‘risidagi…

Iqtisodiyotni barqaror o‘stirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, shu jumladan, yirik korxonalarni transformatsiya qilish, hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida soha va tarmoqlarda iqtisodiy faollik oshib bormoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki…

“Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Hududlarda bog‘lar yaratish, yo‘l bo‘ylarida 10 qatordan daraxtlar ekish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.…

ASOSSIZ TARZDA UNDIRILGAN PUL MABLAG‘I QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarodan “HUMANS” MCHJ xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatda “HUMANS” MCHJ tomonidan taqdim etilgan plastik kartasi hisobidan asossiz tarzda 7,9 million so‘m miqdorda pul mablag‘i undirilganligi sababli, mazkur pul mablag‘lari qaytarib berilishini so‘rab, kompaniya xodimlariga…

Davlat xaridlari bo‘yicha tanlovlarda kamchilik aniqlandi

Tadbirda hududiy boshqarma tomonidan 2023 yilda va joriy yil boshidan buyon monopoliyaga qarshi kurashish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Hududiy boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M.Ham­royevning qayd etishicha, o‘tgan yil davomida boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslardan 2000 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarni o‘rganish…