Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy o‘zligimizni tiklash, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida g‘oyat muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan ezgu an’analarini munosib davom ettirishga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Vatanimizning qadimiy tarixini chuqur o‘rganish, buyuk alloma va aziz avliyolarimizning ibratli hayot yo‘li, noyob ilmiy merosini…