Jaloliddin Manguberdi izdoshlarining kamolot maskani

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi. Ta’lim muassasasi 2023-2024-o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil ta’lim oladi. O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Litsey axborot-resurs markazida…

Xorazmdagi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

1-mart kuni Urganch shahrida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholiga munosib sharoitlar yaratish, bandlikni ta’minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotganini ta’kidladi. Xususan, oxirgi 7 yilda Xorazmda 600 mingta ish o‘rni yaratilgan. Bugun viloyat yalpi mahsuloti hajmi 37…

Raqobat qo‘mitasi vakillari 28-fevraldan 1-martgacha Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-xalqaro raqobat konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Raqobat qo‘mitasi vakillari 28-fevraldan 1-martgacha Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-xalqaro raqobat konferensiyasida ishtirok etmoqda. Berlindagi 22-Xalqaro raqobat konferensiyasi siyosatchilar, tartibga soluvchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslar va butun dunyo boʻylab biznes vakillari uchun raqobat qonunchiligi va siyosatining xilma-xil dinamikasini oʻrganish uchun muhim voqeadir. Tez o‘zgarib borayotgan bozorlar va texnologik taraqqiyot sharoitida konferensiya global miqyosda raqobat siyosatini shakllantiruvchi dolzarb…

BOSHLANG‘ICH TO‘LOV QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan  “SAMI INTERPRISE OO” MCHJ xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatida fuqaro “Cobalt” rusumli avtomobil xarid qilish uchun “SAMI INTERPRISE OO” MCHJga buyurtma bergan, biroq belgilangan muddatda yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib avtoulov uchun…