ASOSSIZ QARZDORLIK HOLATLARI QANDAY KELIB CHIQMOQDA?

Bugungi kunda aholimiz vakillarida xonadonga o‘rnatilgan ichimlik suvi hisoblagichlari va ularni qiyoslovdan o‘tkazish, shuningdek, iste’mol qilingan suv uchun to‘lov hisob-kitobidagi asossiz qarzdorliklar masalasida ham muammolar kelib chiqmoqda. Qo‘mita axborot xizmati mas’ul vakili Umida Mansurova — Albatta, murojaatlar asosida kommunal sohadagi ichimlik suvi, hisoblagichlar va to‘lovlardagi adashishlarni tekshirib, ijobiy hal qilishga ko‘maklashish Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar…

Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib,…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch…

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga…

XALQARO SEMINAR: “YANGI XODIMLAR UCHUN KIRISH SEMINARI”

Joriy yil 5-8-fevral kunlari Bilbao shahri (Ispaniya)da Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Vengriyadagi OECD-GVH Mintaqaviy raqobat markazi tomonidan Bilbao Deusto universiteti bilan hamkorlikda “Yangi xodimlar uchun kirish seminari” mavzusidagi seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mintaqaviy raqobat…

Belarus Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa…

“UMRA” XIZMATLARINI KO‘RSATISHGA QARATILGAN NOQONUNIY REKLAMALAR TARQATGAN SUBYEKTLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, telegram kanallari va tashqi reklama vositalarida xususiy sayyohlik firmalari hamda turagentliklar tomonidan “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq joylashtirilayotgan reklama axborotlari keskin faollashgan, ayniqsa  internet va ijtimoiy tarmoqlarda bunday reklamalar ko‘plab uchramoqda. Turli shakllarda berilayotgan mazkur reklamalarda, avvalo ko‘rsatiladigan xizmatlar, uchish, ziyorat kunlari, narxi va taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hamda turoperatorlarning…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali  https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7819029291457677/ “Toshkent shahridagi xalq tilidagi “Malika” savdo majmuasidagi V49-sonli do‘kondan mikroto‘lqinli pech xarid qilgan, tovar nosoz chiqqani sabab servis markazi bilan bog‘langani, ammo muammo hal bo‘lmayotgani yuzasidan” iste’molchi shikoyat qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilaro huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi   mazkur  murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaat Raqobat qo‘mitasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq  orqali (https://www.facebook.com)  UZUM marketdan xarid  qilingan elektron soatning uch kunda nosozligi ma’lum bo‘lgani, uni diagnostikadan o‘tkazib olish uchun rasmiylashtirib olib qolishgan, ammo 20 kundan keyin haqiqatan ham  ishlab chiqarishdagi nuqsoni borligi, endilikda unga to‘langan  pulni qaytarib olishda muammoga uchrayotgan fuqaroning posti  qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidang…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/785052091164 1848/  Insulin dori vositasining narxi)  Kimdir insulin narxini nazorat qiladimi o‘zi? Nafaqat insulin balki boshqa dorilarni ham? Qachondan buyon tartibsizlik davom etayapti mavzuida murojaat qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni  ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Referent narxni shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd…