EHTIMOLIY TEST SAVOLLARI

EHTIMOLIY TEST SAVOLLARI Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi? Moliyaviy piramidaning asosiy belgisi qaysilar? Anvar milliy valyutada 1 yil muddatga bank omonatini tanladi. U 100 ming so‘m miqdorida bank omonatidan oylik daromad olishni xohlaydi. Agar oylik foizli omonat bo‘yicha foiz stavkasi 20% bo‘lsa, omonat miqdori qancha bo‘lishi kerak?

“Yashil” energetika ham iqtisodiyot drayverlaridan biriga, ham chinakam umummilliy harakatga aylanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo‘lgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortig‘i bilan qoplashga yetadi. Lekin shunday ulkan imkoniyat ancha yillar davomida ishga solinmagan edi. So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, huquqiy zamin…

Ochiq muloqot

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag’ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi. Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan…

AHOLIGA SIFATSIZ BENZIN MAHSULOTLARINI SOTGAN 7 TA AYOQSHLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi “RAFS” SIChK, “RUXSHONA HAMID” MChJ, “SUVINSHOATGAZQURILISH” XK, “IMKON-XAMKOR” XK, “РУСЛАН” FX, “TO‘RTKO‘LLI BUNYOD OIL” MChJ hamda “GULNORA GAZ SERVIS” MChJlarga qarashli AYoQShlarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu yonilg‘i…

JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘takazildi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. Q.Yuldashev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda 10 ga yaqin ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etishdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ochiq…

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilinadi

26-fevral kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan «2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili» rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakat hammualliflik qildi. Hujjat matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya,…

Toshkent shahrida sanoat, infratuzilma va turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 27-fevral kuni Toshkent shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish, hududlarning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarish, aholining uy-joy sharoitlari va shaharlar…

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

26-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Mudofaa vazirining qo‘yilgan vazifalar bajarilishi va qo‘shinlarning jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.…

Texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimiz standartlashtirish sohasini isloh qilish va sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilgan edi. So‘nggi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 40 ta yangi…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini qutlug‘ yoshi bilan samimiy tabrikladi

26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni qutlug‘ 70 yoshga to‘lgani bilan dildan qutladi. Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston bilan Turkiya…