Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
26-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Mudofaa vazirining qo‘yilgan vazifalar bajarilishi va qo‘shinlarning jangovar shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.…