O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. “Qozon Ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi. Ishtirokchilar e’tiboriga…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

21-fevral kuni Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning an’аnaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, o‘tgan yil 5-7-oktabr kunlari Moskva…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi. So‘ng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023-yil 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik…