Andijondagi qozonxonada energiya samaradorligi oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi markaziy qozonxonani borib ko‘rdi. U yaqinda imtiyozli xorijiy kredit evaziga rekonstruksiya qilinib, Xitoyda ishlab chiqarilgan 3 ta energiya tejamkor qozonlar o‘rnatilgan. 28 kilometr issiqlik quvurlari yotqizilib, 373 dona individual issiqlik punktlari tashkil etilgan. Shuningdek, 2 ming kilovatt quvvatli transformator o‘rnatilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortilgan. Natijada shahardagi 271 ta ko‘p…

Yangi ta’lim va sport majmuasi ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan kechirdi. Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11 sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi. Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari,…

Shavkat Mirziyoyev: Har bir bilimli yosh – vatan himoyachisi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi. Yurtimiz oldindan salohiyatli shaxmat maktabiga ega. Bugun ham bolalar o‘rtasida «aql gimnastikasi»ga qiziqish katta. Ularning bu ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida Marhamat tumanida ham majmua bunyod etildi. Erkin Vohidov nomidagi ushbu maktabda o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida aql mashqidan saboq oladi. Ularning mahoratni oshirish…

Andijonda 1,7 milliard dollarlik yangi loyihalar shakllantirilgan

Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilganidek, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Ular enegretika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda. Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular…

Andijon viloyatining mebelsozlik salohiyati ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Andijon viloyatida 377 ta mebelsozlik korxonasi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi 5 yil davomida mazkur yo‘nalishda 35 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Mebel ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 15 barobarga ortgan. Mebelsozlar uchun soliq, bojxona to‘lovlari…

Prezident mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”dagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. 105 gektar maydonni egallagan ushbu sanoat hududida mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari kabi tarmoqlardagi 12 ta loyiha joylashgan. Ulardan biri – “Avto Spring Komponents” mas’uliyati cheklangan jamiyati. Umumiy qiymati qariyb 60 million AQSH dollari bo‘lgan bu korxona yiliga 18 ming tonna po‘lat detallar ishlab…

Xalqchil siyosatning joylardagi yorqin natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif dasturida ko‘zda tutilgan manzillar va rejalar ko‘p. Birinchisi “Asaka tekstil” klasterining to‘qimachilik korxonasi bo‘ldi. Bu ulkan majmua iqtisodiy kontrastning yorqin misoli. 2016-yilgacha bu yer tashlandiq joy edi. Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga bergan ruh va madad natijasida bu yerda bosqichma-bosqich yangi binolar qurilib, 2022-yil avgustda ishga tushirildi.…

QO‘MITA KO‘RSATMASI BILAN FUQAROGA 120 MLN SO‘MDAN ORTIQ SUG‘URTA MUKOFOT PULI QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga sug‘urta pulini olish masalasida amaliy yordam berishlarini so‘ragan fuqaro S.Yo.ning murojaati o‘rganib chiqildi. Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan  o‘rganishlarda  fuqaro “AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ  bilan  hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma imzolagani, biroq muddati tugagan bo‘lsa-da, jamg‘arilgan sug‘urta mukofot pullarini o‘z vaqtida…