ISTE’MOLCHI HUQUQLARI SUD TARTIBIDA HIMOYA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida raqobatni ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud instansiyalarida faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaroning 2023-yil dekabr oyida “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 9 711 050 so‘m asossiz qarzdorlik belgilanganidan norozi bo‘lib, mazkur qarzdorlikni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi…