DIQQAT, TANLOV!

 “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijasida g‘olib korxonalar Qo‘mitaning “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi. Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”,  “Onlayn savdo”, “Ishlab chiqarish”, “Moliyaviy xizmatlar” va  “Telekommunikatsiya xizmatlari”…

Birinchi Prezidentimiz yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi. Fidoyilarini e’zozlagan…

AVTOLIZING FIRMA XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA EHTIYOTKOR BO‘LING !

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘rib keladi. Hozirgi vaqtga qadar Qo‘mitaga iste’molchilardan avtomobillarni lizing va ijaraga beruvchi korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmayotganligi to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan…