Savdo va xizmat ko‘rsatish, madaniyat sohalaridagi loyihalar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni savdo va xizmatlarni rivojlantirish, turizm va madaniyat maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda o‘tgan yili 18-dekabrda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlar berilgan edi. Xususan, mamlakatimizda turizm salohiyati katta ekani, uni samarali ishga solib, turizm maskanlari va mehmon o‘rinlarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlangandi. Taqdimotda shunga muvofiq tayyorlangan loyihalar ko‘rib chiqildi.…