O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida…

O‘zbekiston Prezidenti cho‘llanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘tgan oyda Samarqand shahrida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari delegatsiyalari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan BMTning Cho‘llanish bo‘yicha konvensiyasini amalga oshirish qo‘mitasining 21-sessiyasi sermahsul bo‘lgani katta mamnuniyat…

O‘zbekiston va Indoneziya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Dubay shahridagi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalardagi o‘zaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarali hamkorlikni, shu jumladan iqtisodiy sohada “yo‘l…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Suhbat Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Keng ko‘lamli strategik sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy…

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi navbatdagi qadamlarni kelishib oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni BAAga amaliy tashrif doirasida Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tgan uchrashuv kelishuvlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Chorvachilik,…

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Podshohi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning…

O‘zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Butunjahon iqlim sammiti doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari joriy yil may oyida Samarqandda o‘tgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining samarali natijalarini yuksak baholadi. Bankning mamlakatimizdagi investitsiyalari…

O‘zbekiston Prezidenti iqlim sohasidagi global kun tartibi doirasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 1-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining (SOR28) asosiy yalpi sessiyasi ishida ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 170 dan ziyod mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari nutqining avvalida…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi (COP28) nutqi

Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Bugungi tarixiy sammitga taklif etilganimiz hamda anjumanning yuqori darajada tashkil qilingani uchun Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon A’lo Hazratlariga bildirilgan samimiy minnatdorchilik so‘zlariga qo‘shilaman. Biz Amirliklarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi global tashabbuslari va “yashil” taraqqiyotga qo‘shayotgan katta hissasini olqishlaymiz. Fursatdan foydalanib, Birlashgan Arab Amirliklari xalqini Milliy bayrami bilan…