O‘zbekiston Prezidentining amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bugun, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPЕKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik…

Rasmiy munosabat

  Ijtimoiy tarmoqda (https://t.me/komporuz/8120 ) “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar filialiga ishlab turgan ichimlik suvini o‘lchash moslamasini davlat ko‘rigidan o‘tkazish uchun murojaat qilgandim (89640781). Tekshiruv natijasiga ko‘ra, foydalanishga yaroqsiz ekan. Hisoblagich 2014-yil 11-noyabrda o‘rnatilgan. Bundan chiqdi, aholi har 9 yilga yetmasdan yangi hisoblagich o‘rnatishi kerakmi?», mazmunida  iste’molchining murojaati qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar  huquqlarini himoya…

Issiqlik ta’minoti kechiksa, kimga murojaat qilamiz?

MENDA SAVOL BOR… To‘lqinjon JO‘RAYEV, Pop tumanidagi “Obihayot” mahallasi raisi: — Mahalladagi ko‘p qavatli uylarga bir hafta avval issiqlik ta’minoti berildi. Ammo tarmoqdagi nosozlik sababli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya ko‘p qavatli uylarga issiqlikni vaqtida yetkazib bera olmadi. Natijada aholi issiqlik ta’minoti bilan kech ta’minlandi. Endi mana shu davr uchun kommunal to‘lovni to‘lamaslik mumkinmi? Buning uchun kimga murojaat qilish…

O‘zbekiston Prezidenti BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi doirasidagi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitida ishtirok etdi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPЕKA sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPЕKAning ilk sammitini tashkil etish tashabbusi va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyev nomiga bildirilayotgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Shuni alohida aytib o‘tmoqchimanki, Ozarbayjonning samarali raisligida Dasturimiz doirasidagi mintaqaviy hamkorligimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPЕKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan…

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda televideniyedagi reklamaga oid normalar ijrosi, mazkur sohadagi reklama faoliyat subyektlari tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi holati, reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan qonun buzilishlarini…