O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdilar
8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd…