Fransiya Prezidenti Samarqanddagi obidalarni tomosha qildi

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi. Davlat rahbarlari  YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me’morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, ushbu maskan bilan bog‘liq mashhur voqea va shaxslar xususida so‘zlab berildi. Fransiya…

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’oni karim oyatlari tilovat etildi. Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi. Maqbara majmuasi hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.