O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi

Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman. Tashkilotimizning yubiley yig‘ilishi Buyuk ipak yo‘lining durdonasi, Yangi O‘zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo‘lgan ushbu qadimiy shaharda o‘tkazilayotgani chuqur ramziy ma’noga ega. Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G‘arbni…

Prezident turizm ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ma’lumki, shu kunlarda Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu mamlakatimizdagi ochiqlik va erkinlik, ulkan sayyohlik salohiyatining e’tirofi, deyish mumkin. Ushbu omillarga tayanib, yurtimizda turizmni rivojlantirish uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Salkam yuzta mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga…

Iste’molga yaroqsiz mahsulotlar rastalardan olib tashlanishiga erishildi

Savdo shoxobchalarida sotilayotgan qandolat mahsulotlarining ba’zilarida  ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash  tartiblari haqida ma’lumot berilmaydi. Iste’molchi esa tanlashda shoshib e’tibor qilmasdan tashqi ko‘rinishiga qarab xarid qilaveradi. Yoki  do‘kon sotuvchisining “yaqinda keltirildi, mazasiga gap yo‘q, olavering” degan gapiga ishonadi. Iste’molchi Toshkendagi “Shodimurotova  M.O.” YaTTdan xarid qilgan  “Yulduzli” to‘plamidagi mahsuloti bilan shunday bo‘ldi. “East Star…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18-oktabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi. Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.…