O‘zbekiston va AQSH yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. AQSH Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.…