Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi fuqaro Sherzod Sheraliyevichning (https://www.facebook.com/groups/332417527943846/posts/856363682215892/) “facebook” ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan “BULARNI KIM NAZORAT QILADI. Ushbu rasmlardagi konvuleks 500 mg kapsulasini narx tafovutini qarang. Hozirda ushbu dori vositasi faqatgina Toshkent shahrida bor. Lekin ushbu dori vositasini narxidagi 1 oylik tafovutga qaranglar. Bizni xalqimiz juda ajoyibda ayni nima tanqis…

Rasmiy munosabat

 “Bukhara news” ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan Buxoro shahrida joylashgan “Mega Market” savdo do‘koni tomonidan sotilgan “Lyubimiy” 1 litrlik sok mahsulotni yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa-da, sotilmoqda” mavzuida post qoldirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur  murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda iste’molchi mazkur do‘kondan sharbat mahsulotini xarid qilgan,…

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 428-sonli «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 428-sonli «Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda: 2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi; 2023-yil 1-dekabrga qadar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda https:www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7226961280664484 “UZUM MARKET” MChJdan yetkazib berilmagan tovar uchun olingan ortiqcha mablag‘ qaytarilmayapti” mavzuida qoldirilgan murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan o‘rganishlar olib borilib, iste’molchi L.E. mazkur MChJning mobil ilovasiga 3 ta tovar uchun elektron to‘lovni amalga oshirgani, ammo  bitta kosmetik vositaning yo‘qligi…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda “Natriya gidrokarbonat dori vositasini 3 oy oldin 4 000 so‘mga xarid qilganligi, hozirgi kunda ushbu dori vositasini 105 000 so‘mdan “MUZAYANA FARM” MChJ tomonidan sotilmoqda” ( https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7204859109541368) deb nomlangan shikoyat yuzasidan  olib borilgan o‘rganishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur masala “MUZAYANA FARM” MChJni jalb etgan holda…

Rasmiy munosabat

ELT UZ telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Chilonzordagi uyimiz haliyam bitmadi. Dodimizni hech kim eshitmayotir. Biz fuqarolarga kimdir yordam beradimi?” mavzuida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaatida keltirilgan masala yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda “AST LIDER” MChJ bosh pudratchi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy shahrida…

Shavkat Mirziyoyev: Mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 million nafarni tashkil qilmoqda. Ko‘plab uy-joylar, muassasalar barpo etilib, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortmoqda. Shunga qaramay, yana yiliga 20 ming xonadonli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor. Urbanizatsiya…

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida yuqori darajali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vazir vazifasini bajaruvchi…

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi. Milliy qo‘shiqchilik san’atimizning atoqli namoyandasi, ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev shu yil 4-sentabr kuni 77 yoshida vafot etdi. Sherali Jo‘rayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ildi.1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlab, mehnat faoliyatini “Shodlik” ashula…