Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29-avgust sanasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati barqaror rivojlanish bo‘yicha loyiha rahbari Beate Shoreit boshchiligidagi vakillar bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonun va istiqboldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.