Ashxobodga amaliy tashrif yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etdi. Unda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etdi. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Turkmaniston Prezidentiga sammitni tashkil…

IQTISODIY KONSENTRATSIYA NIMANI ANGLATADI?

O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunida «Iqtisodiy konsentratsiya» tushunchasi berilgan. Iqtisodiy konsentratsiya – xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarishdir. Qonunning 27-moddasiga binoan, oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish chog‘ida shaxslar yoki shaxslar guruhi bu harakatlar…

“RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN RAQOBAT VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA ENG YANGI YONDASHUVDIR

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Elektron onlayn auksionlarni tashkil…

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oliy darajadagi kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirlik…

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport…

O‘zbekiston Prezidenti Ashxobodga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.