Geologiya tarmoqlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni foydali qazilmalar zaxirasi va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda geologiya sohasiga katta e’tibor qaratilib, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida yerosti boyliklarini aniqlash ko‘lami kengaydi. Ularni qazib olish va qayta ishlash loyihalariga xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda kaolinni qayta ishlash bo‘yicha 148 million dollarlik 15 ta…