Davlat rahbari yangi massiv qurilishini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishini borib ko‘rgan edi. Viloyatga bu galgi tashrif chog‘ida ishlarning borishi yana bir bor ko‘zdan kechirildi. Bugungi kunda 300 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Aholi zich yashaydigan shahar va viloyat…