“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI

Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi va kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. 2023–2024 yillarda ushbu dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi. Ushbu maqsad avvalo tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishi, shu bilan birgalikda…

FUQAROLARGA XONADON XARIDI UCHUN TO‘LANGAN MABLAG’LARI QAYTARILISHI TA’MINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasiga 2023-yil 11-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan 2 ta murojaat o‘rganib chiqildi. Murojaatlar mazmuniga ko’ra aynan o’xshash. Ya’ni, murojaatda fuqaro bilan «Navoiy Biznes Kapital Qurilish» MChJ o‘rtasida (kvartira qurib berish bo‘yicha) shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartlariga…

IJTIMOIY DAVLAT, BARCHAGA – G‘AMXO‘RLIK

Oxirgi vaqtlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ham hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va uni hal etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh bu safar poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, “Turon” MFY…

RAQAMLI BOZORDA RAQOBAT QANDAY TA’MINLANADI?

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan muhokamalardan biri raqamli bozorlarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunni qo‘llash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdagi muammolar va imkoniyatlar masalasiga bag‘ishlandi. Batafsil “BIRJA” gazetasining 2023-yil 11-iyul kungi 51-soni mutolaa uchun havola qilinadi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDAGI XARID SAVDOLARIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI BARTARAF ETILDI

Joriy yilning 23-uyun holatiga xarid savdolaridagi nohalol raqobatchilar yoxud Qoqaqalpog‘iston Respublikasi xarid savdolarida qonunbuzilishlar aniqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga rioya qilinishi bo‘yicha joriy yilning 23 iyun holatiga 1356 ta lot bo‘yicha jami boshlang‘ich narxi 195 milliard so‘mlik tanlov savdolarida o‘rganish ishlari…

O‘zbekiston Prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda

Xorijiy mamlakatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning davlat rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan qutlovlar kelmoqda. Ularda O‘zbekiston Prezidentiga yangi zafarlar, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilgan.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Hurmatli Shavkat Miromonovich! Qozog‘iston xalqi nomidan va…

Investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-iyul kuni investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida mamlakatimizda Prezident saylovi yuqori saviyada o‘tgani, bu xalqimizni ulug‘ maqsadlar yo‘lida yanada birlashtirganini ta’kidladi. Endigi vazifa belgilangan maqsadlarni kechiktirmasdan, avvalgidan-da ko‘proq g‘ayrat bilan amalga oshirishdir. Bugun jahondagi ziddiyatlar, shafqatsiz raqobat davrida bu oson bo‘lmaydi,…