O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI QONUNI 2023-YIL 3-IYUL KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN IMZOLANDI.

Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqishda mas’ul idoralardan ko‘plab ekspert va mutaxassislar ishtirok etgan. Qonunni ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining jami 38 ta tavsiyasi inobatga olindi (shu jumladan Jahon bankining 26 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 11 ta va Osiyo taraqqiyot bankining 1 ta tavsiyalari).…

O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy…

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari YXHT bilan konstruktiv muloqot, faol almashinuvlar, ochiq va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini katta…