ZAKOVAT, IQTIDOR VA HAMJIHATLIK

Joriy yil 23-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi xodimlari ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan «Zakovat» intellektual o’yini bo’yicha Qo’mita turniri o’tkazildi. Unda Qo’mita markaziy apparati, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmalari hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazining 100 ga yaqin xodimlari intellektual mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi. Turnir so’ngida g’olib va qatnashchilar…

Islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti sohalaridagi yangilanishlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo‘lga qo‘yish…