O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abay viloyati hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi. Tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini…