Ichki bozorlarda shakar mahsuloti narxlari barqaror va uzluksiz taʼminlanmoqda
Shakar mahsulotini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi mahalliy tadbirkorlarning 2023-yildagi faoliyatida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha Hukumat tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda. Xususan, joriy yil 15-aprel holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tn shakar mahsuloti resurslari…