Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Kun.uz axborot veb-saytida 2023-yil 23-yanvar kuni “Mahallabay agentligida navbatdagi shubxali tenderlar: 1-2 kunlik MChJlar gʻolib boʻlmoqda” nomli maqola boʻyicha Mahallabay ishlash agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarini qonun talablari asosida oʻtkazilganligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Mahallabay ishlash agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan (211572, 211575, 211576, 130877, 136203, 136289, 145013, 146010 va 146026 lotlar) davlat xaridlarini oʻrganish natijasida bir qator qonunbuzilish alomatlari aniqlangan. Xususan:
ishtirokchilar tomonidan tanlovga taqdim etilgan hujjatlarni baholashda buyurtmachi tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan, ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish alomatlari aniqlangan (bir xil turdagi tovarlarni yetkazib berishda barcha holatlarda bitta tashkilotning gʻolib boʻlishi), shuningdek, ishtirokchilarning oldindan til biriktirish, yaʼni kelishib qilingan harakatlari (bir manzilda roʻyxatdan oʻtganligi, taklif hujjatlarini bitta IP manzildan biriktirilganligi) aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli maʼlumotnoma oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilib, Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot xizmati