Ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
REYESTRI (RO‘YXATI)*
01.04.2025
T/r | Ekskluziv huquq berilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi | T/r |
Ekskluziv huquq tavsifi |
1. | “Ko‘prikqurilish tresti ”AJ | 1. | Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar (yondoshish yo‘llari bilan birga 500 pogon metrdan ko‘proq uzunlikda) va boshqa sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish. |
2. |
“O‘zshaharsozlik LITI” DM |
2. | Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish; |
3. | Respublika bosh sxemasi, shaharlar va shahar posyolkalarining (shaharchalarning) bosh rejalari, hududiy sxemalari va aglomeratsiya hududlarining strategiyalari loyihalari ishlab chiqish; | ||
4. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurish loyihalarini ishlab chiqish. | ||
3. | “Qishloqqurilishloyiha” DM | 5. | Qishloq joylarda qishloqlar, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini va ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiqish; |
6. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurish loyihalarini ishlab chiqish; | ||
7. | Qishloq aholi punktlarini rivojlantirish tarhlari loyihalari ishlab chiqish, shuningdek, buning uchun topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruv ishlari bajarish. | ||
4. | “Toshuyjoy LITI” AJ
|
8. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurish loyihalarini ishlab chiqish. |
5. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari | 9. | Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari, jumladan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi qurilish obyektlari, alohida toifadagi qurilish obyektlari (yopiq tenderlar) va xalqaro moliya institutlari/ xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida davlat xaridlariga oid tender hujjatlarini tayyorlash. |
6. | “Universal loyiha smeta” MChJ | 10. | Aholi soni 20 ming kishidan kam bo‘lgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish. |
7. | “Qqshaharqishloqloyiha” MChJ | ||
8. | “Andijon fuqaroloyiha” MChJ | ||
9. | “Andijon xo‘jaroloyiha” MChJ | ||
10. | “Buxoro ELITI” MChJ | ||
11. | “Buxoroloyiha” MChJ | ||
12. | “Jizzax bunyodkor loyiha” MChJ | ||
13. | “Jizzax tadqiqot” MChJ | ||
14. | “Qashqadaryo qurilish loyiha servis” MChJ | ||
15. | “Qarshi tadqiqot konstruksiya” MChJ | ||
16. | “Navoiy shaharsozlik loyihalash instituti” MChJ | ||
17. | “Navoiy fuqaroloyiha” MChJ | ||
18. | “Namangan sanoatloyiha” XK | ||
19. | “KELAJAK-S” XK | ||
20. | “Me’mor qurilishloyiha” MChJ | ||
21. | “Parviz loyiha servis” MChJ | ||
22. | “Surxonloyiha” korxonasi | ||
23. | “Uyjoysanoatsuv-qurilish” XK | ||
24. | “Mirzacho‘lagro qurilishloyiha” MChJ | ||
25. | “Sirdaryo-loyiha” MChJ | ||
26. | “RIVS-loyiha” AJ | ||
27. | “Odina loyiha” MChJ | ||
28. | “Farg‘ona fuqaroloyiha” MChJ | ||
29. | “Qo‘qon Loyiha-Qurilish” MChJ | ||
30. | “Loyiha qurilishlyuks” XK | ||
31. | “Xorazm loyihaqurilish” korxonasi | ||
32. | “Toshkentboshplan LITI” DM | 11. | Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish; |
12. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurish loyihalarini ishlab chiqish; | ||
13. | Toshkent viloyatini rejalashtirish sxemalarini, Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish. | ||
33. | “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM | 14. | Davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari ko‘rib chiqish (ekspertizadan o‘tkazish); |
15. | Xavf-xatar toifalari bo‘yicha III toifa va IV toifa qurilish obyektlari loyiha hujjatlari ko‘rib chiqish (ekspertizadan o‘tkazish); | ||
16. | 5000 va undan ko‘p insonlar tashrif buyuradigan qurilish obyektlari loyiha hujjatlari ko‘rib chiqish (ekspertizadan o‘tkazish); | ||
17. | Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha qiymati BHMning 50 ming baravaridan kam bo‘lgan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish. |
||
34. | “To‘polangsuvGESqurilish” MChJ | 18. | “O‘zbekgidroenergo” AJ obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish. |
35. | “Raqamli transformatsiya markazi” MChJ |
19. | Budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni birinchi navbatda jamiyatning new.cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish bo‘yicha portal xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek zarur bo‘lgan tovarlar ushbu portalida mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni boshqa elektron portallardan xarid qilish uchun ma’lumotnoma berish. |
36. | “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi” DM | 20. | Davlat xaridlari subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha “Shaffof-qurilish” axborot tizimi operatori xizmatlarini ko‘rsatish. |
37. | “SMART MARKETPLACE” AJ
|
21. | Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (oilakredit.uz)da ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) marketpleys tizimi (smart-market.uz elektron savdo maydonchasi) orqali sotish hamda sotib olish bo‘yicha axborot xizmatlarni ko‘rsatish. |
38. | “O‘zbekiston pochtasi” AJ | 22. | Yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yo‘llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari, to‘lov xabarnomalari va bildirishnomalar, chaqiruv qog‘ozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijalari, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlar kabi pochta jo‘natmalarini Yagona milliy tizim orqali yo‘llash. |
39. | “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator –“UZINFOCOM” MChJ | 23. | “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi operatori xizmatini ko‘rsatish, mazkur platformani yaratish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligini ta’minlash;
Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan axborot tizimlarini rivojlantirish va xorijiy moliya tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari, shuningdek, boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish. |
24. | AGTKSh orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) ma’lumotlarni real vaqt rejimida to‘plash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash. | ||
40. | “UNICON-SOFT” MChJ | 25. | “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi operatori xizmatlarini ko‘rsatish; |
26. | Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish belgilanayotgan tashkilotlarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulash, tizim ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish. | ||
27. | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish. | ||
41. | “O‘zbekekspertiza” AJ | 28. | Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash; |
29. | Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash va ularni sertifikatlash. | ||
42. | “Orol artemiya sanoat” DM | 30. | Orol dengizi akvatoriyasida artemiya sistalarini yig‘ish va yetkazib berish. |
43. | “Gidroloyiha” AJ | 31. | “O‘zbekgidroenergo” AJning investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
44. | “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ | 32. | Ishlab chiqariladigan qurilish materiallari va buyumlarning barcha turlarini sertifikatlashtirish. |
45. | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ | 33. | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha onlayn-auksion savdolarini tashkil etish; |
34. | Davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilish shuningdek, ijara va ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha ommaviy savdolarini tashkil etish; | ||
35. | Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subektlariga ijaraga berish bo‘yicha tanlov savdolarini tashkil etish; | ||
36. | Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarning ulushlari, ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha electron onlayn-auksion savdolarini tashkil etish; | ||
37. | Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha onlayn-auksion savdolarini tashkil etish; | ||
38. | Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash yuzasidan elektron auksion savdolarini tashkil etish; | ||
39. | Davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish yuzasidan elektron auksion savdolarini tashkil etish; | ||
40. | Qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmiga davlat tasarruf etadigan va verifikatsiyalangan uglerod birliklari ishlab chiqarishga qaratilgan (2-toifadagi) loyihalarni amalga oshirish yuzasidan loyiha tashabbuskorining Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotini jalb qilishga qaratilgan tanlovlarni tashkil etish; | ||
41. | Davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda vaqtincha foydalanilmayotgan yer uchastkalari, shuningdek, tuman (shahar) zaxirasidagi yer uchastkalarida ko‘chma savdo obyektini joylashtirish uchun yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini tashkil etish. | ||
42. | Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish tanlovlarini tashkil etish; | ||
43. | Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, shu jumladan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishni tashkil etish; | ||
44. | Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni berish bo‘yicha auksion savdolarini tashkil etish; | ||
45. | Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun ruxsatnomalarni berish bo‘yicha auksion savdolarini tashkil etish; | ||
46. | Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni berish bo‘yicha auksion savdolarini tashkil etish; | ||
47. | Qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berilishini tashkil etish. | ||
48. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning elektron onlayn-auksionlarini tashkil etish. | ||
46. | “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” DM | 49. | Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlarini sertifikatlash va tegishli sinovdan o‘tkazish; |
50. | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda resurs tejaydigan zamonaviy tyexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish. | ||
47. | “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM | 51. | Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish. |
48. | “Zarur amaliyotlar markazi” DM | 52. | Dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish. |
49. | “Yashilloyiha” loyihalash instituti” DM | 53. | Yashil hududlar va loyihalar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shu jumladan “Mening bog‘im” loyihalari, “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklari” va “yashil belbog‘”larni tashkil etishda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. |
50. | “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK | 54. | Davlat budjeti va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortig‘i ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan barcha turdagi xorijda o‘tkaziladigan sport tadbirlariga transport (avia, temiryo‘l, avto va boshqalar) uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (chiptalarni va joylarni band qilish, sotib olish va yetkazib berish, boshqalar). |
51. | “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK | 55. | Joylashtirish vositalarini, togʻ changʻisi trassalarini, plyajlarni oʻz ichiga olgan turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish. |
52. | “O‘zagrosug‘urta” AJ | 56. | Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish. |
53. | “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi | 57. | Rasmiy hujjatlar blankalari, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar uchun muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlash; |
58. | Litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankalarini tayyorlash; | ||
59. | Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalari uchun muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlash; | ||
60. | Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlash; | ||
61. | O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti bukletini tayyorlash; | ||
62. | Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat tayyorlash; | ||
63. | Ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan halok bo‘lgan xodimlarining farzandlarini oliy ta’lim muassasalari va harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma blanklarini tayyorlash; | ||
64. | Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomalar blankalari va maxsus emblemalarni (gologrammalarni) tayyorlash; | ||
65. | Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini tayyorlash; | ||
66. | Turizm va yondosh infratuzilma obyektlari hamda turistik xizmatlarni sanitar-gigieniya jihatdan xavfsiz xizmat ko‘rsatish talablari asosida sertifikatlash bo‘yicha syertifikat blankasini tayyorlash; | ||
67. | Ekologik sertifikat blankasi blankasini tayyorlash. | ||
68. | Xizmat guvohnomalarining blankalari va muqovalari tayyorlash. | ||
54. | “Sharq“ nashriyot-matbaa AJ |
69. | Xizmat guvohnomalarining blankalari va muqovalari tayyorlash.
|
55. | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi korxonalari | ||
56. | “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ |
70. | Foydali qazilmalarning kompleks geologiya-qidiruv ishlari (xizmatlari)ni amalga oshirish. |
57. | “O‘zbekgeofizika” AJ | 71. | Uglevodorod xom ashyosining kompleks geologiya-qidiruv va seysmoqidiruv ishlari (xizmatlari)ni amalga oshirish. |
58. | “Kitob geologiya tabiat milliy bog‘i” DM | 72. | Kompleks geologik tadqiqotlar va stratigrafiya ishlari (xizmatlari)ni amalga oshirish. |
59. | “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM | 73. | Geologik ma’lumotlar fondi, foydali qazilmalar balansi, kon va istiqbolli maydonlar kadastri tematik ishlari (xizmatlari), geologik loyihalar ekspertizasi ishlari (xizmatlari)ni amalga oshirish. |
60. | “Soliq-servis” DUK | 74. | Chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini qisman qaytarish (“tax free”) tizimi operatori xizmatini ko‘rsatish; |
61. | “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK |
75. | Texnik xizmat ko‘rsatish markazlariga fiskal modullarni taqdim etish va operator xizmatlarini ko‘rsatish. |
62. | “CRPT TURON” MChJ | 76. | “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori xizmatlarini ko‘rsatish;
Majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish. |
63. | “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM | 77. | Davlat nazorati bilan bog‘liq sinovlarni amalga oshirish. |
64. | “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ | 78. | Qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularga huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish. |
65. | “O‘zenergosotish” AJ | 79. | Elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish |
66. | “UzGasTrade” AJ | 80. | Tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish |
67. | “Milliy dispetcherlik markazi” DUK | 81. | Yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash, shu jumladan yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish. |
* O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasining bevosita o‘z vakolarlari, davlat organlari va tashkilotlarining xabarlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida belgilangan tartibda doimiy ravishda ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu Reyestrga (ro‘yxatga) kiritiladi hamda ular tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi nazorat ** Eksklyuziv huquqlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanilishi, tarqatilishi va taqdim etilishi qonun bilan cheklangan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilganligi aniqlangan taqdirda, ularning reyestri belgilangan tartibda alohida yuritiladi. |