Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning kommunal sohasi bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqildi.
Murojaatda iste’molchi tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar filialiga ishlab turgan ichimlik suvi hisoblagichini davlat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ariza bergan. Hisoblagich 2014 yil 11 noyabrda o‘rnatilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, hisoblagich foydalanishga yaroqsiz chiqqan va u bilan bog‘liq boshqa muammolar ham yuzaga chiqqani bildirilgan.
O‘zbekiston Respubliikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli qaror 3-ilovaga asosan suv hisoblagichni yechish, davriy qiyoslovdan o‘tkazish va suv hisoblagich uskunasini o‘rnatish bo‘yicha iste’molchilar tomonidan yuborilgan arizalarni reglamentda belgilangan muddatlarda bajarishi hamda qiyoslov laboratoriyasi tomonidan hisoblagich davriy qiyoslovdan o‘tkazilganda yaroqsiz deb xulosa taqdim etilgan holatda suv hisoblagich uskunasini yangisiga almashtirish xarajatlari ta’minotchi tomonidan qoplanishi belgilangan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, iste’molchi xonadoniga qiyoslov xulosa asosida xizmat ko‘rsatuvchi MChJ tomonidan yangi suv hisoblagich o‘rnatilib, 1985-raqam bilan tamg‘alandi. Shuningdek, ushbu xonadonga tegishli hisob raqamda 271 154 so‘m haqdorlik mavjudligi ham anqlandi.