Yangi O’zbekiston strategiyasi muhokamasi
Yangi O’zbekistonning 2022–2026- yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo’yicha “yo’l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan JAMOATCHILIK MUHOKAMASI olib borilmoqda.
📍Ayni kunlarda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ko’plab to’g’ridan-to’g’ri efirlar, bahs-munozaralar tashkil etilmoqda.
📌 2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan ham takliflar bildirilgan. Bugun Qo’mitada bo’lib o’tgan muhokama yig’ilishida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bo’limi boshlig’i Yunusov Furqat Xasanovich ishtirok etib, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo’yicha “yo’l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Muhokamada Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari B.Karimov, markaziy apparatning boshqarma boshliqlari studiyadan, Qo’mitaning hududiy boshqarmalari xodimlari masofadan ishtirok etishdi.