Xalqaro seminar
Xalqaro seminarni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev kirish so‘zi bilan ochib, raqamli bozorlarni tartibga solish sohasida xalqaro ilg‘or tajribani chuqur o‘rganish, shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda zamonaviy, samarali va muvozanatli tartibga solish mexanizmlarini joriy etishning dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, sun’iy intellekt sohasidagi Fransiyalik xalqaro ekspert Olivier Proust tomonidan qo‘mita tizmidagi hodimlar va O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohada faoliyat olib borayotgan mas’ul vazirlik va idoralar vakillari uchun xalqaro seminar o‘tkazildi.
Spiker o‘z taqdimotida Yevropa Ittifoqining raqamli siyosati, jumladan “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi Yevropa Ittifoqi Qonuni (EU AI Act)ning asosiy qoidalari, sun’iy intellektdan foydalanishda taqiqlangan amaliyotlar, hamda ayrim sun’iy intellekt tizimlariga nisbatan belgilangan shaffoflik va transparentlik talablariga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida mazkur yondashuvlarni O‘zbekiston Respublikasida joriy etish va takomillashtirish, shu orqali sun’iy intellekt sohasida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.








