Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-chi Sammiti hamda 12-chi Seul Xalqaro raqobat Forumida ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida, bugun, 2023-yil 7-sentyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasi (KFTC) mutasaddilari o‘rtasida rahbariyat darajasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, jumladan, ikki idora o‘rtasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashga kelishildi.
Mazkur memorandum doirasida o‘rganilgan xorijiy amaliyotlarni Qo‘mita faoliyatida tizimli joriy etish yuzasidan tegishli tadbirlar o‘tkazish, olingan bilim va ko‘nikmalar asosida Qo‘mita xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar treninglar tashkil etish, milliy iqtisodiyotning raqobat bazasini yanada yahshilanishiga qaratilgan Koreya Respublikasining monopoliyalarga qarshi kurashish, raqobat muhitini tartibga solish va rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalaridagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, istiqboldagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv doirasida, shuningdek, yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan muhim yangiliklar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, raqamli bozorda raqobat qonunlarini tartibga solish
(ex ante/ex post tartibga solish), zamonaviy iqtisodiyotda qo‘shib yuborish bo‘yicha kelishuvlarni samarali ко‘rib chiqish, raqamli platformalami tartibga solish, raqamli bozorlarda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikga amal qilinishini ta’minlash, davlat xaridlari sohasidagi raqobatni qo‘llab-quvvatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishlarida tajriba almashish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.