Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «workshop» (o‘quv seminari) bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya iste’molchilar agentligi (Korea Consumer Agency) vakili O Sang-A xonim so‘zga chiqdi.
Seminarda O Sang-A xonim Qo‘mita xodimlarini iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni muqobil hal etish (Alternative Dispute Resolution) bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasi bilan tanishtirdi.