UMRA TADBIRINI TAShKIL ETIShGA OID REKLAMA QONUNChILIGI BUZILIShI YUZASIDAN TEGIShLI ChORALAR KO‘RILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.
Natijada, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmasi tomonidan jami 2 ta, ya’ni («Sharofiddin Travel» va «Fayz Tour Travel») MChJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 12 ta («Marmaristour. uz», «rozumbetovjurabek», » uzmobile_aviakassa», «Samarqanddan Umra ziyorati» Instagram sahifasi, «Umra Ziyorati», «Fazliddin Umra jamiyati», «Muborak safar», «Qo’qimboyliklar», «Saudiyaga sayohat», «Umra rasmiy», «Aviakassa721», «Nursafar») Telegram kanallari ma’murlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.








